Tun yarmida
Tun yarmida uygʻondi. Soat bir yarimni koʻrsatmoqda. Bogʻga chiqdi. Osmonni bulut qoplagandi…

Tun yarmida uygʻondi. Soat bir yarimni koʻrsatmoqda.
Bogʻga chiqdi. Osmonni bulut qoplagandi. Shamol esar, shamolda daraxtlarning shoxlari chayqalar va yengilgina figʻon qilib qoʻyardi.
Bu manzara kunduz kunlari his etish qiyin boʻlgan tuygʻularni qoʻzgʻardi.
Butalar orasidagi qochirgan ovi oldidan chiqqan ovchiday yulduzlarni quvlagan oy baʼzan birpas bulutlar orasiga yashirinib yana umid va shiddat bilan olgʻa intiladi…
Izohlar
Hozircha izohlar yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring.